Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbari Shaxrux Sharaxmetov UzIMEI tizimi, radar o‘rnatish nuqtalarining auksionda sotilishi va haydovchilar uchun Yagona imtihon markazi masalalari kun tartibida turgan «eng murakkab va dolzarblari» hisoblanishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mita raqobat nuqtai nazaridan bu kabi holatlarni nazorat qila oladimi, uning vakolatiga kiradimi yoki yo‘qmi degan masala turibdi.
Antimonopoliya qo‘mitasi Toshkent shahri va viloyatidagi 178 ta laboratoriya Intermed Innovation kompaniyasiga o‘tkazilishiga oid ma’lumotlarni taqdim etmaganligi uchun SSVga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atdi. «Agar shu hafta berilmasa tegishli tartibda ma’muriy javobgarlik bo‘yicha choralar ko‘riladi», — dedi qo‘mita vakili.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «Toshkent ETK» tomonidan DSS kompaniyasiga hisoblangan 1,75 mlrd so‘m qarzdorlikni asossiz deb topib, uni bekor qildi. Ushbu holat bo‘yicha elektr tarmoq korxonasining shikoyati sud tomonidan ko‘rib chiqilib, rad qilingan va qo‘mita qarori o‘z kuchida qolgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va boshqa idoralarning aralashuvidan so‘ng Ai-80 rusumli benzinning birja narxlari pasaya boshladi. Uch kun ichida yoqilg‘i narxi 9 foizga arzonlashdi, xaridorlar soni esa keskin oshdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting